Şimoliy Koreya va Janubiy Koreya yetakçilari Kim Çen In va Mun Çje In iştirokidagi Koreyalararo sammiti natijalariga köra qöşma bayonot qabul qilindi.

Harbiy sohadagi kelişuv
Tomonlar harbiy sohada Koreya yarimorolini yadroviysizlaştiriş böyiça qöyiladigan qadamlar, 80 kmlik tinçlik zonasini yaratiş, qurollangan töqnaşuvlarning oldini oliş uçun zarur çoralar qabul qilişga kelişib olişdi.
Şuningdek, ikki davlat qurolsizlaştirilgan hudud yaqinida yirik kölamli artilleriya maşğulotlari va harbiy parvozlar ötkazmaslikka kelişib olgan. Bu haqdagi hujjat ikki davlat mudofaa vazirlari tomonidan imzolangan.
KXDR va Janubiy Koreya qurolsizlaştirilgan hududdan harbiylarni olib çiqiş va Pxanmundjom çegaraoldi punkti personalini qurolsizlantirişga qaror qildi. Şuningdek, Pxenyan Tonçxannida buziladigan raketa poligoniga xalqaro kuzatuvçilar kelişiga ruxsat beradi.
Yagona Olimpiada
Ikki Koreya yetakchici Tokioda ötadigan 2020 yilgi yozgi Olimpiadaga yagona jamoa yuborişga, 2032 yilgi Olimpiadani birgalikda ötkaziş böyiça hamkorlik qilişga kelişib oldi.
“Janub va Şimol xalqaro musobaqalarda yagona jamoa bölib iştirok etişga hamda 2032 yilgi Olimpiadani birgalikda ötkaziş uçun hamkorlik qilişga qaror qilişdi”, deb aytilgan qöşma bayonotda.
Temir yöl va avtomobil yöllarini birlaştiriş
Qöşma bayonotning yana bir muhim bandlaridan biri joriy yildayoq ikki davlat temir yöl va avtomobil yöllarini birlaştiriş böyiça işlarni boşlaş haqidagi kelişuv böldi.

Kim Çen Inning Seulga taşrifi
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In yaqin orada Seulga taşrif buyurişga va'da bergan. Bu ham qöşma bayonotda mustahkamlab qöyildi.












