Slovakiyada sport kuraşlari böyiça yoşlar örtasida jahon çempionati bölib ötmoqda. Unda özbekistonlik yoş sportçilar ham iştirok etişmoqda.
Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berişiça, -67kg vazn toifasida bahslarda iştirok etgan özbekistonlik Mahmud Baxşulloyev finalgaça yetib borgan va kumuş medalga ega çiqqan.
Uşbu yoş sportçi musobaqa davomida Eron, Qozoğiston, Janubiy Koreya va Misr terma jamoalari vakillarini mağlubiyatga uçratgan, hal qiluvçi jangda esa armanistonlik raqibga imkoniyatni boy berib qöyib, kumuş medal bilan kifoyalangan.











