Özbekiston Kubogida çorakfinal öyinlari yakunlandi.

«Andijon» öz maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi. Hisob 14-daqiqada mehmonlar tomonidan oçildi. 14-daqiqada Mirjamol Qosimov gol urgan bölsa, 26-daqiqada Şahzodbek Nurmatov hisobdagi farqni oşirdi. 1-bölim oxirida Davron Isoqov himoyaçilar xatosidan foydalanib, javob töpini kiritdi. Ikkinçi bölimda «Andijon» hisobni tenglaştiriş uçun köp urindi, ammo eplolmadi. Natijada, «Bunyodkor» yarimfinal yöllanmasini qölga kiritdi.

Olmaliqning OKMK klubi öz maydonida Pro-liga vakili, Muborakning «Maş'al» klubini qabul qildi. 56-daqiqada «Maş'al» Xumoyun Murtazoyev zarbasidan söng, hisobni oçişga muvaffaq böldi. 78-daqiqada Kamoliddin Murzoyev uni tenglaştirdi. Öyinning asosiy vaqtida ğolib aniqlanmagaç, qöşimça taymlar belgilandi. Unda OKMK qiyinçilik bilan gol urib, ğalabani ilib ketdi. 110-daqiqada Vladimir Bubanya hal qiluvçi töpni darvozaga yölladi. Sönggi soniyalarda esa Jasur Hasanov böş qolgan darvozani işğol etib, yakuniy hisobni belgiladi. Natijada OKMK klubi Özbekiston Kubogi yarimfinaliga çiqdi. 

Avvalroq «Paxtakor» va «Qöqon-1912» 1/2 final iştirokçisiga aylanişgan edi.

Yarimfinal juftliklari Sport telekanali orqali jonli efirda namoyiş etiladigan «Gol» körsatuvi vaqtida taşlanadigan qur'a orqali aniqlab olinadi. Körsatuv 20 sentabr kuni soat 19:40da boşlanadi.  

1/2 final öyinlari 27-28 sentabr kunlari bölib ötişi közda tutilgan.

Özbekiston kubogi, 1/4 final

19 sentabr, Andijon
Andijon (Andijon) – Bunyodkor (Toşkent) - 1:2
Gollar: Davron Isoqov (40) - Mirjamol Qosimov (14), Şahzodbek Nurmatov (26)

19 sentabr, Olmaliq
OKMK (Olmaliq) - Maş'al (Muborak) - 3:1 (q.v.)
Gollar: Kamoliddin Murzoyev (78), Vladimir Bubanya (111), Jasur Hasanov (120+2) - Humoyun Murtazoyev (56)