Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi prezident farmoni loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş konsepsiyasi;
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş konsepsiyasining samarali amalga oşirilişi böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlanişi mumkin.
Belgilab qöyilişiça, huquqiy tarğibotni tizimli ravişda olib boriş, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkaziş, şuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oşiriş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşiriş barça darajadagi davlat organlari va taşkilotlarning ustuvor vazifalaridan biridir.
Quyidagilar jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirişning asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolligi yuksalişini ta'minlaş;
davlat organlari va taşkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş;
bolalar va yoşlarda huquqiy madaniyatni şakllantiriş;
ommaviy axborot vositalarining aholini huquqiy axborot bilan ta'minlaşdagi rolini yanada oşiriş, huquqiy tarğibotning innovatsion usullaridan keng foydalanişni, şu jumladan, veb-texnologiyalarni qöllaşni kengaytiriş;
yuridik ta'limni, şuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini rivojlantiriş;
huquqiy madaniyatni yuksaltirişning ilmiy asoslarini tadqiq etiş.
Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, şuningdek, mahallalarda har juma kuni “Huquqiy bilimlar kuni” etib belgilanadi va uşbu kunda tarğibot tadbirlarini taşkil etiş orqali quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:
hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini körgazmali tarzda barça xodimlar va aholi e'tiboriga yetkaziş;
huquqşunos olimlar va amaliyotçi mutaxassislar taklif qilgan holda xodimlar hamda aholining huquqiy bilimlarini oşiriş;
korrupsiya va boşqa huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan huquqiy tarğibot tadbirlarini taşkil qiliş.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagi takliflari ma'qullanişi mumkin:
jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişda munosib hissa qöşgan huquqşunoslarga hamda fuqarolarga aholining huquqiy savodxonligini oşirişda körsatgan işlari va yutuqlari uçun topşiriladigan “Huquqiy tarğibot işlari a'loçisi” kökrak nişonini ta'sis etiş;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş maqsadida davlat organlari huzurida öz faoliyati sohasiga doir masalalarni aholi örtasida tuşuntiriş böyiça volonterlar (köngillilar) harakatini tuziş va ularning samarali faoliyatini ta'minlaş;
umumta'lim muassasalarining öquv dasturlariga huquqiy bilimlarga doir fanlarni kiritiş, ta'lim oluvçilarga darsdan taşqari huquqiy bilim berişni yölga qöyiş;
fuqarolarning kundalik hayotida köp uçraydigan masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi huquqiy qöllanmalarni tayyorlaş va uni xonadonlarga tarqatiş.











