Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimidagi işlarni tahlil qiliş, sohani jadal rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlarni belgilaşga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barça sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi. Yil boşida uşbu muhim sohani rivojlantiriş böyiça belgilab berilgan köplab vazifalar ijrosi töliq ta'minlanmadi. Tarmoqqa investitsiya jalb etiş, xizmatlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni eksport qiliş ahvoli bizni umuman qoniqtirmaydi.

Şuning uçun vazirlikning rahbariyatini özgartirişga majbur böldik. Yangi vazir va uning örinbosarlari bundan tegişli xulosa qilib, öz işlarini mutlaqo boşqaça tarzda taşkil etişlari lozim. Mavjud muammolarni tezroq bartaraf etiş va tarmoqni tubdan rivojlantiriş, jalb etilayotgan investitsiyalar va eksport hajmini keskin köpaytiriş, eng muhimi, qisqa davrda tizimda sezilarli ijobiy özgarişlarni ta'minlaş kerak», – degan prezident. 

Majlisda davlat rahbarining 2018 yil 19 fevraldagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni va prezident huzuridagi yiğilişlarda berilgan topşiriqlar ijrosini ta'minlaş qanday borayotgani tahlil qilindi. Sohani jadal rivojlantiriş böyiça muhim vazifalar belgilab berildi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, töğridan-töğri sarmoyalar iştirokidagi loyihalar hissasini oşiriş zarurligi ta'kidlandi. Joriy yilda kamida 200 million dollar, 2019 yilda esa investitsiyalar, ayniqsa, töğridan-töğri sarmoyalar hajmini 500 million dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi. 

«Özbektelekom» kompaniyasining nufuzini oşiriş, «Özmobayl» milliy mobil aloqa operatorini rivojlantiriş böyiça topşiriqlar berildi. 

Sohada xizmatlarni eksport qiliş yetarli emasligi, bu körsatkiçni keskin oşiriş, eng avvalo, dasturiy ta'minot yaratiş va eksportni köpaytiriş kerakligi ta'kidlandi. 

Telefon va internet foydalanuvçilariga körsatilayotgan xizmatlar sifati pastligi, mavjud aloqa tarmoqlarining atigi 27 foizi optik tolali, qolgani mis simli liniyalardan iborat ekani tanqid qilindi. Internet tarmoğiga ulaniş tezligini oşiriş, aloqa tarmoqlarini töliq optik tolaga almaştiriş böyiça körsatmalar berildi.  

«Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantiriş, interaktiv davlat xizmatlari körsatişni keskin yaxşilaş böyiça vazifalar belgilab berildi. Poçta aloqasi faoliyatini tubdan takomillaştiriş zarurligi ta'kidlandi. Axborot xavfsizligini mustahkamlaş masalasiga e'tibor qaratildi.