Sergey Obraztsov nomidagi Rossiya davlat markaziy akademik qöğirçoq teatri joriy yilning 19-21 oktabr kunlari Özbekiston davlat akademik rus drama teatrida özining musiqiy dasturini yurtimiz san'at muxlislariga taqdim etadi. 

«Toşkentda Rossiya Federatsiyasining musiqiy, teatr jamoalari, san'at namoyandalarining ijodiy safarlarini muntazam ötkaziş yaxşi an'anaga aylangan. Ayni paytda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatri, Özbekiston davlat akademik rus drama teatri, Özbekiston yoşlar teatri jamoalari Rossiyada ötadigan festivallar, körik-tanlovlarda muvaffaqiyatli iştirok etib kelmoqda», deyiladi ÖzA xabarida.

Maşhur qöğirçoq teatri jamoasi 1931 yilda san'at arbobi Sergey Obraztsov tomonidan taşkil etilgan. Turli ijodiy eksperimentlar, musiqa, zavqli satira, asarlarni sahnalaştiriş jarayonidagi öziga xos yondaşuv jamoa faoliyatida ustuvor örin egallaydi. 

«Teatrning kattalar uçun möljallangan, qöğirçoqlar ijrosining bor imkoniyatlarini namoyiş etuvçi «Ğaroyib konsert» («Neobyknovennyy konsert») nomli afsonaviy spektakli parodiyali hazil uslubidagi tomoşa bölib, 19 va 20 oktabr kunlari namoyiş etiladi. Sergey Obraztsov hamda Semyon Samodur asari asosidagi uşbu zavqli spektaklning ilk premerasi 1946 yilda yaratilgan bölsa-da, u hanuz sahnalardan tuşmay kelmoqda. 10 ming marotabadan ortiq öynalgan uşbu maşhur spektaklni musiqaçi va raqqosalar, sirk ustalari va közboylağiçlarga quvnoq taqlid etilgan tomoşa, deyiş mumkin. Uşbu sahna asari köplab şaharu yurtlarni aylanib çiqib, XX asrning eng maşhur spektakllari sirasidan hamda «Ginnessning rekordlar kitobi»dan örin olgan», deyiladi xabarda. 

21 oktabr kuni esa jajji tomoşabinlar uçun Samuil Marşakning «Muşukçaning uyi» («Koşkin dom») spektakli namoyiş etiladi.