Amerika kosmik agentligining TESS yöldoşi ikki kun içida Quyoş tizimi taşqarisida Yerga öxşaş ikkita sayyora mavjudligini aniqladi. Bu haqda NASA’ning "Tvitter"dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Birinçi sayyora 19 sentabr kuni topildi. Mutaxassislar uni Superer deb ataşdi, u Yerdan 60 yoruğlik yili masofada joylaşgan Pi yulduzi atrofida aylanadi. NASA’dagilar sayyorada suv yoki gazlar mavjud deb taxmin qilişmoqda.
Ikkinçi sayyora 20 sentabr kuni aniqlandi. Uni Qaynoq yer deb ataşdi. U Yerga nisbatan kattaroq bölib, 49 yoruğlik yili masofada joylaşgan va LHS 3844 yulduzi atrofida aylanadi.
TESS yöldoşi 2018 yil aprelda uçirilgan bölib, u ekzosayyoralarni kaşf etişga möljallangan.












