​Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentabrdagi bayoniga muvofiq respublika oliy ta'lim muassasalariga 2018/2019 öquv yilida bakalavriat va magistraturaga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun bazaviy kontrakt miqdorining birinçi yarmini tölaş muddati 2018 yilning 30 sentabriga qadar uzaytirildi.​ Bu haqda Kun.uz muxbiri Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda. 

Ma'lumot uçun, mahalliy oliygohda belgilangan tölov-kontrakti bir yil uçun örtaça 8,2 million sömdan boşlab 12 million atrofida töxtaydi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida esa bu raqam 18-22 million atrofida belgilangan. ​

Şuningdek, kiriş imtihonlarida öqişdan yiqilgan abituriyentlar öqişni super-kontrakti arzonroq OTMga köçirişi mumkin. ​Unga köra, test sinovlari natijasi böyiça yetarli ball töplamagan va oşirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlarga oşirilgan tölov-kontraktning miqdori (barobari) kam bölgan ta'lim yönalişini tanlaş imkoniyati berildi. Bunda, abituriyent test topşirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining örni) mosligi hamda uning doimiy yaşaş joyi va hujjat topşirgan oliy ta'lim muassasasi joylaşgan hudud mezon sifatida belgilandi.​