Toşkent şahrining Olmazor tumani mahallalarida “Tadbirkorlik markazlari”ni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Olmazor tumanining 10 ta mahalla fuqarolar yiğinlarida tajriba tariqasida tadbirkorlik faoliyatiga, şu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandçilik faoliyatiga kömaklaşiş maqsadida “Tadbirkorlik markazlari” taşkil etildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:
• uyma-uy yurib tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagi bölgan şaxslarni aniqlaş va ularga kömaklaşiş;
• faoliyatini endi boşlayotgan tadbirkorlarga Markazlar binosidan, yoşlar tadbirkorlik klasterlari binolaridan joy ajratişga kömaklaşiş;
• davlat mulki obektlarini “nol” qiymatida xarid qiliş böyiça maslahatlar va amaliy yordam beriş;
• “Hunarmand” uyuşmasiga a'zo böliş orqali soliqlar va boşqa turdagi imtiyozlardan foydalanişda va imtiyozli kreditlar olişda amaliy yordam körsatiş.
Qarorga köra, 2019 yil 1 yanvarga qadar Markazlar faoliyatining samaradorligini tahlil qilgan holda, Olmazor tumanining boşqa mahalla fuqarolar yiğinlarida ham Markazlar taşkil etiladi.











