3D çop etiş texnologiyasi yordamida deyarli hamma narsani yaratiş mumkin. Biroq har qanday, hatto eng yaxşi printerlarning ham katta kamçiligi bor: ular muayyan bir joyda örnatilişi kerak. Keyin esa u yerdan çop etilgan materiallarni olib ketiş zarur böladi. Printer istalgan joyda çop eta olganida qulay bölardi. Singapurlik olimlar 3D çop etiş uçun mobil robotlarni yaratiş orqali aynan şuni amalga oşiriş istagidalar.
Işlanma uçun Nanyan texnologiya universiteti olimlari javob berişadi. Tadqiqotlar vaqtida ular robotlar yordamida ilk marta beton konstruksiyani çop etişdi. Mualliflarning ta'kidlaşiça, «Bunday tizimning afzalligi jarayonda iştirok etmagan holda istalgan ölçamdagi detallarni yaratiş imkoniyatidir».
Robotlar konstruksiyasida harakatlanuvçi platformadagi mexanik manipulyatorlardan foydalanilgan. Bunda bir neça robotlarni ularning har biri umumiy loyihaning detallari ustida işlaş jarayonida bir detalni yaratiş uçun qöllaş mumkin. Robotlardan foydalaniş çop etiş jarayonini tezlaştirib qolmay, detallar mustahkam bölişiga yordam beradi. Çunki bir neça qismlarni birlaştirişga töğri kelmaydi. Yaratiladigan konstruksiyalar aniq, çunki işdagi kamçilik 1 millimetrdan oşmaydi.

Kelajakda muhandislar robotlar işining radiusini kengaytirişni istaşmoqda. Buning uçun ular teleskopik platformalarga joylaştiriladi va tösqinlik hamda işçilarni aniqlaş tizimi konstruksiyasi bilan töldiriladi. Bundan taşqari, mualliflarning rejalari haqiqatan ham ulkan: ular robotlardan nafaqat Yer sayyorasi, balki Marsda ham foydalaniş mumkinligini ta'kidlaşmoqda.










