AQŞ prezidenti Donald Tramp özigagina xos tarzda Afrika davlatlaridan Ispaniyaga noqonuniy muhojirlar oqimini töxtatişning usulini taklif qildi.  

Ispaniya taşqi işlar vaziri Jozep Borrelning aytişiça, Tramp Madrid bu maqsadda Sahroi Kabirda devor qurişi kerakligini aytgan.

Ispaniya vakillari bu taklifga Sahroi Kabir 4,8 ming kmga çözilişini aytişgan, Tramp esa “bizning Meksika bilan çegaramizdan uzunroqmas”, deb javob qilgan. 

Tramp Meksikadan AQŞga muhojirlar oqimini töxtatiş uçun qöşni davlat bilan çegarada devor qurişni faol qöllab-quvvatlab keladi.