22 sentabr kuni Buyuk Britaniyadagi «Uembli» stadionida katta boks keçasi bölib ötadi. Bu boks oqşomidan yilning asosiy janglaridan biri örin olgan. Ikki olimpiya çempioni, öz mamlakatlarining oğir vazndagi eng kuçli boksçilari, buyuk britaniyalik 28 yoşli Entoni Joshua hamda rossiyalik 38 yoşli Aleksandr Povetkin özaro ringga çiqadi. 90 ming muxlisni öz bağriga siğdiradigan «Uembli» stadioni örtasiga katta ring örnatilgan. Jang Toşkent vaqti bilan soat 24:00da boşlanadi.

Foto: Twitter / @MatchroomBoxing

Jang arafasida raqiblar iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi, uning davomida boksçilar örtasida an'anaviy qaraşlar dueli ötkazildi.

Foto: Bryn Lennon/Getty Images

Qarama-qarşilik tarixi
Zamonaviy boksda super oğir vazn toifasining asosiy kamarlaridan 4tasiga -  WBA Super, IBO, IBF va WBO kamarlari egalik qiladigan Entoni Joshua professional ringda 21ta jang ötkazib, 21 ğalaba qayd etgan (20tasi nokaut bilan). Joshua olmagan bir kamar — WBC (Butunjahon boks kengaşi) kamari qolgan. Hozirda mazkur kamar amerikalik 32 yoşli boksçi Deontey Uaylderga (40-0-0, 39 KO) tegişli hisoblanadi. 

Uaylder şu yilning 3 martida kubalik Luis Ortisga qarşi jangda kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Joshua esa 1 aprelga ötar keçasi Kardiffdagi Principality Stadium arenasida yangi zelandiyalik Jozef Parkerdan WBO kamarini tortib olgandi.

Foto: https://www.instagram.com/anthony_joshua/

U endi WBC kamari uçun Uaylderga qarşi jangga da'vo qila boşladi.

Ammo öşa oqşomda WBA Regular böyiça sobiq jahon çempioni, rossiyalik Aleksandr Povetkin ham angliyalik raqibi Devid Praysni jangning 5-raundidayoq nokautga uçratdi. Şundan söng, Povetkin WBA Super kamari uçun Entoni Joşuaga majburiy da'vogarga aylandi va angliyalik boksçi birinçi Uaylderga qarşi emas, Povetkinga qarşi jang qiladigan böldi.

Aleksandr Povetkin professional boksdagi 35-jangida 34-ğalabaga erişgan (u yagona mağlubiyatini 2013 yilning kuzida Vladimir Kliçkodan qabul qilib olgan).