«Özbekiston 24» telekanali direktori özgardi. Bu haqda Kun.uz’ga Özbekiston MTRKdagi manbalar xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, endilikda telekanalga Madamin Safarov rahbarlik qiladi. U bungaça «Yoşlar» telekanaliga rahbarlik qilib kelayotgandi.

«Özbekiston 24» telekanalining avvalgi direktori Nodir Tölaganov bundan buyon telekanal boş muharriri sifatida işlaydi. Nodir Tölaganov telekanalga 2017 yilning 21 avgust kuni rahbar etib tayinlangandi.

«Yoşlar» telekanaliga kim yangi rahbar etib tayinlanişi hozirça noma'lum ekani aytilyapti.

Ma'lumot uçun: Madamin Safarov 1980 yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. «Yoşlar» telekanalidan avval «Toşkent» telekanalida ham işlagan. 

Özbekiston MTRKdagi manbalar ma'lumotiga köra, sönggi vaqtlarda «Yoşlar» telekanalidagi moliyaviy holat ança yomonlaşgan. Xodimlarga iş haqi tölaşda keçikişlar yuzaga kelmoqda.