«
Mamlakatimizda axborot uzatiş, jurnalistika sohasida katta islohotlarga qadam qöyildi. Muntazam ravişda rasmiy, işonçli, aniq ma'lumotlarni keçayu kunduz berib boriş, aholini mamlakatdagi jarayonlardan xabardor qiliş maqsadida Prezident qarori bilan
«
Özbekiston 24
»
telekanali taşkil etildi. Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib borişi, şuningdek, telekanalning xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bölişi maqsad qilindi.
Kuzatib boryapmizki, kanal doimiy ravişda dolzarb mavzularda ötkir materiallarni, körsatuvlarni tayyorlab efirga bermoqda. Rasmiy ma'lumotlar, suhbatlar, brifinglar, kinofilmlarni qiziqiş bilan köradiganlar köp. Tomoşabinni muşohadaga çorlovçi körsatuvlar ham berib borilmoqda», deydi deputat.
Gulbahor Saidğaniyeva telekanalning barça xodimlariga, jurnalistlarining mehnatlarini e'tirof etgan holda, doimiy tomoşabin sifatida ayrim mulohazalarini bildirib ötgan.
Uning fikriça, bir neça kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda «Özbekiston 24» telekanalining saviyasi borasida bildirilgan fikrlarning hammasiga qöşilib bölmasa-da, umumiy ohangda bildirilgan e'tiroz örinli.
«Asosiy e'tirozlar kanalning axborot uzatiş sohasida tutgan yöliga nisbatan bildirilgan edi. Darhaqiqat, «Özbekiston 24» axborot beriş tizimini özgartirişi zarur. Kanalning boşqa aksariyat körsatuvlari haqida umumiy e'tiroz bildirayotganimiz yöq, axborot sohasida ham eng işonçli, rasmiy manba sifatida hurmat qilamiz. Lekin tezkorlik masalasida oqsayotgani namoyon bölib turibdi. Ba'zan ayrim voqea, xabarlar haqida muddati ötgandan keyin ham axborot beriladi. Bu vaqtda qançadan-qança boşqa xabarlar oqimi tarmoqlarda oqib kelayotgan, jarayonlar keçayotgan böladi...
Tanqidiy munosabatlarda tilga olinganidek, göyoki jahonda, Özbekistonda boşqa hayot oqimi keçayotgandek,












