Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvçi O'zbekiston 24 huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tayyorlangan lavhada mamlakat qonunçiligida belgilagan aybsizlik prezumpsiyasini çetlab ötyapti. Bu haqda telekanal efirga uzatgan lavhaga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Beli oğrimasdan non yeyişni, öğrilik ortidan daromad topişni kasb qilib olganlardan biri H.D.dir (telekanal ayblanuvçining ismi-şarifini töliq ta'kidlagan — tahr.)», —deb boşlanadi lavha.
O'zbekiston 24 muxbirlari hali sud qarori bilan şaxsning jinoyati tasdiqlanmay, H.D.ning barça şaxsiy ma'lumotlari va yuz körinişini efir orqali ommaga körsatgan holda uni jinoyat sodir etganini tasdiqlagan.

Boş prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonovaning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, H.D.ga nisbatan 2018 yil 28 dekabrda Özbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi, 227-moddasi 2-qismi «a» bandlari bilan ayblov e'lon qilingan va unga nisbatan yuritilgan jinoyat işi ötgan yilning 29 dekabr kuni sudga yuborilgan.
Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidovga köra, H.D. işi böyiça sud yakuniy qaroriga kelmagan va sud işi hali davom etmoqda. Ya'ni H.D. harakatlari yuzasidan kuçga kirgan sud hukmi mavjud emas.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga köra, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi uning jinoyat sodir etişda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuçga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Ya'ni har kim, jumladan OAV ham aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga qat'iy amal qilişga majbur.
Dastlabki tergovning holatlari va unga jalb qilingan şaxslar haqida keng jamoatçilikka turli talqindagi xabarlarni tarqatiş Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi qoidalariga zid va bunday holatlar özgalarning şa'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazişi mumkin.

















