Şu hafta Ukrainaning Çerkassk oblastidan Özbekistonga birinçi marta qoramollar yetkazib berildi, deya yozmoqda «UkrAgroKonsalt».
Ma'lumotlarga köra, 33 boş qoramol Qaşqadaryo viloyati, Koson tumanidagi «Obod Zamon» fermer xöjaligiga jönatilgan.
«Yetkazib beriş muvaffaqiyatli ötdi. Biz Ukraina va Özbekiston örtasidagi samarali hamkorlik davom etişiga umid qilamiz», - deya izoh berdi Dairy Global Experts mintaqaviy rivojlaniş böyiça direktori Aleksandr Glebçuk.
Dairy Global Experts kompaniyasi xalqaro bozorga çiqiş uçun Sut işlab çiqaruvçilar assotsiatsiyasi maslahat markazi negizida taşkil etilgan.












