Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Va'da qilingan kun keldi, ammo hokimiyat mutasaddilari nega uni bajarishmayapti?..
KUN.UZ tahririyatiga Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, “Yangi Beltepa” mahallasidagi 24-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi. Murojaatni o‘rganish maqsadida shu yilning 14 sentabr kuni “Yangi Beltepa” mahallasiga bordik va shu yerda yashovchi fuqarolarning so‘zlariga quloq tutdik. To‘g‘risini aytganda, mahallaning ahilligiga odamning havasi keldi. Bu ko‘p qavatli uylarda 72 ta xonadon istiqomat qilib kelmoqda. Fuqarolar ko‘p qavatli uylarning old hovli qismiga kafellar terib, chiroyli qilib qo‘yishgan. Faqat bu manzarani tuproq bo‘lib yotgan yo‘l buzib turibdi. Murojaat mazmuni ham aynan shu yo‘llar haqida…
Mazkur ko‘p qavatli uylarning oldidagi yo‘l “Obod mahalla” dasturiga tushganligi bois 2018 yil 26 iyunda 3 kun ichida qayta qurib beramiz degan va'da bilan buzish boshlangan, lekin haligacha mahalladagilar qurilishdan umidvor bo‘lib sabr qilishmoqda. Fuqarolarning so‘zlariga qaraganda, shundan beri shu ahvol - yordam so‘ramagan, yozmagan joylari qolmagan. “Kelishadi, ko‘rishadi lekin qurilish boshlanmaydi. Bir haftadan keyin deyishdi, 10 kundan keyin deyishdi, bayramdan keyin deyishdi, lekin mana ko‘ryapsiz haligacha biron bir darak yo‘q, kelishgani yo‘q”, deyishdi mahalla odamlari.

Bizni qiziqtirgan masala: birinchidan, bu yo‘l “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo‘lsa, uni qurish uchun barcha mablag‘lar ajratilgan, quruvchi tashkilotni ham aniqlab, kelishib qo‘yilgan bo‘lishi kerakmasmi?
Ikkinchidan, qayta qurilish cho‘zilishi mumkin ekan oldindan buzib tashlash shartmidi?
O‘zi yaxshi turgan yo‘ldan aholi foydalanib turganda bo‘lmasmidi?

Bundan buyog‘i yog‘ingarchilik mavsumi kelayotganini hisobga olsak, bu tuproq yo‘llar yomg‘irda loyga aylanishi ma'lum. Bu esa mazkur ko‘p qavatli uydagilar uchun yana bir qator muammolarni keltirib chiqarishi tayin. Mahalladagilar shundan xavotirda.
Masalaga izoh olish, yo‘l qurilishi nega kechiktirilayotganiga oydinlik kiritish maqsadida Shayxontohur tuman hokimiyatiga bordik. Tuman hokimining Kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akromxon Najmiddinov bilan suhbatlashdik. Hokim o‘rinbosari bizga “Yangi Beltepa” mahallasi “Obod mahalla” dasturiga tushganligi, hamma narsa tayyorligi bo‘yicha hujjatlarni taqdim etdi va yo‘lni ta'mirlash ishlari 19 sentabr kuni boshlanishiga va'da berdi. Biz ham ushbu va'daga ishongan holda mahalla fuqarolariga yo‘l qurilishi 19 sentabr chorshanba kuni boshlanishi xabarini mamnuniyat bilan yetkazdik. Va'da qilingan kun ham keldi. Lekin haligacha qurilish boshlanishidan darak yo‘q.
O‘ylaymizki, Shayxontohur tumani, “Yangi Beltepa” mahallasi, 24-ko‘p qavatli uylardagi 72 ta xonadonga xizmat qilib kelayotgan yo‘lni ta'mirlashga tegishli tashkilotlar e'tibor qaratishadi.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Rahmatillo Isroilov
Mavzuga oid
09:09 / 17.02.2026
Shayxontohurda Beltepa ko‘chasidagi xonadonda yong‘in: jabrlanganlar yo‘q
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
08:30 / 26.01.2026
Nurafshon ko‘chasida uchta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi
13:30 / 21.01.2026