Şiran xatoga yöl qöyganini aytdi va Yaqin Şarqdagi mojaro yuzasidan munosabat bildirdi.

«Men heç qaçon aktivist-musiqaçi bölişni xohlamaganman, ammo bu vaziyat tufayli söz erkinligi va sayyoradagi eng murakkab siyosiy masala haqidagi muhim va qizğin bahs markaziga tuşib qoldim», – dedi Şiran Filadelfiyadagi konserti avvalida.

Loop Tour’ning 4-sentabr kuni Nyu Jersida ötkazilgan birinçi konsertida davrani qizitiş uçun sahnaga çiqqan amerikalik reper Macklemore «Falastinga ozodlik!» deya hayqirgandi.

U 2024-yilda Isroil harbiylarining Ğazo sektoriga hujumi paytida halok bölgan beş yoşli qizaloq xotirasiga bağişlangan Hind's Hall nomli qöşiği taqdimoti vaqtida ham şunday yöl tutgandi. Uşbu qöşiği orqali musiqaçi Kolumbiya universitetida Isroilning harakatlariga qarşi norozilik bildirgan talabalarni ham qöllab-quvvatlagandi.

5-sentabr kungi konsertda esa Macklemore yahudiy muxlislarga murojaat qilib, «Isroil va aparteidni tanqid qiliş, genotsidga norozilik bildiriş – barça yahudiylarni tanqid qiliş emasligi»ni aytadi.

Isroil hukumati bir neça marta Ğazodagi aparteid va genotsid uyuştiriş böyiça ayblovlarni rad etgan.

Reperning özini tutişi Isroilni qöllovçi guruhlar tanqidini keltirib çiqardi, jumladan, Macklemore’ni tur doirasidagi keyingi konsertlardan çetlatiş talabi bilan petitsiya uyuştirildi.

Şundan keyin Macklemore’ning tur doirasidagi çiqişlari bekor qilindi, milliarder Robert Kraft esa öziga tegişli bölgan stadionda uşbu reperning qöşiq kuylaşiga yöl qöymaslikni talab qildi.

Amerika yahudiylar jamoasiga mansub bölgan va Isroilni qöllab-quvvatlovçi Kraft reperni nafrat uyğotişda aybladi. U qöşiqçi «faqat tanlab olingan maʼlumotlarni tarqatişi va Hamas harakatlarini eʼtiborsiz qoldirişi»ni taʼkidlagan.

Mojaro davomi: Şiran yana nimalar dedi?

Şundan söng, Şiranning konsertlarini qizdiriş uçun jalb etilgan barça sanʼatkorlar reper bilan birdamlik ifodasi sifatida gastrolda iştirok etişdan boş tortdi.

Bu mojaro natijasida Şiranning AQŞ böylab gastrolining qolgan qismiga qiziqiş pasaydi, narxi arzonlaştirilganiga qaramay, çiptalar sotilmay qoldi.

photo_2026-09-20_18-08-53