Venetsiya hukumati sayyohlar uçun yangi çeklovlarni öylab topdi. Endi şahar mehmonlari yerga ötirsa yoki yotsa 500 yevrogaça jarima tölaydi, deb xabar berdi ATOR.
Venetsiya meri Luiji Brugnaro yerga ötirmoqçi yoki yotmoqçi bölganlarni 50dan 500 yevrogaça jarimaga tortiş kerak deb hisoblamoqda.
Bu taklif böyiça şahar kengaşida ovoz beriş oktabr oyida bölib ötadi. Bundan taşqari, qayiq va boşqa suv transportlarida musiqa qöyiş ham taqiqlanişi mumkin: merning fikriça, bu şahar aholisining işlaşi va dam olişiga xalaqit beradi.
Venetsiyada şahar markazida yangi mehmonxona quriş, kiriş eşiklari oldiga keluvçilar sonini hisoblaydigan turniketlar örnatiş, San-Marko maydoni, Yangi Prokuratsiya, Ala Napoleonika va Yakopo Sansovino kutubxonasi zinalarida, dei Leonçini maydonida maxsus ajratilgan joylardan boşqa joyda ötiriş taqiqlangan.
Bundan taşqari, maxsus ovqatlaniş muasssalaridan boşqa joylarda ovqatlaniş yoki içimlik içiş, qoğoz, şişa va tunuka idişlar taşlaş, jamoat joylarida piknik uyuştiriş, kaptarlarga don beriş, şahar markazida velosipedda sayr qiliş, çömiliş kiyimida yuriş, oçiq osmon ostida uxlaş mumkin emas.
Mahalliy aholidan taşkil topgan Gruppo Aprile 25 guruhi boşliği Marko Gasparinettining aytişiça, barça taqiqlarga rioya qilinişini nazorat qiliş uçun meriyaga kamida 5 ming nafar politsiyaçi yoki köngillilar kerak böladi.












