Hongkongda jahondagi eng qimmat uy 446 million dollarga sotuvga qöyildi, deb xabar berdi Bloomberg.

Maydoni 16,3 ming kvadrat metr bölgan bu uyda törtta yotoqxona bölib, maşina turargohi va basseyn bölgan hovlisi maydoni 15 sotixni taşkil etadi.

1991 yilda qurilgan bu bino Gonkongdagi eng haşamatli tumanlardan birida joylaşgan.

«Narx uyning özidan köra u joylaşgan maydonga nisbatan belgilangan», - dedi Executive Homes Hong Kong Ltd köçmas mulk agentligi katta maslahatçisi Lourens Braun.

Bloomberğning yozişiça, Hongkong uy oldi-sotdisida bundan oldingi rekord 2016 yilda qöyilgan. Öşanda muhtaşam uy 255 million dollarga sotilgan.











