Angliyaning şimolidagi Yorkşir-Deyls milliy boğida “Xelena” pörtanasi şarşarani orqasiga oqişga majbur qildi.  

Uşbu antiqa hodisani videoga muhrlaşga muvaffaq bölingan. Bu vaqtda şamol kuçi 129 km/soatga yetgan. Şamol ta'siri ostida suv yuqoriga qarab oqa boşlagan, buning natijasida şarşara yonida kamalak paydo bölgan.

Angliya, Irlandiya va Şotlandiyani “Xelena”dan taşqari, “Ali” pörtanasi ham qamrab oldi. Tabiiy ofat oqibatida 2 kişi halok bölgan, yana bir neça kişi jarohatlar bilan şifoxonaga tuşgan. Bu pörtana ortidan Buyuk Britaniyaga “Brona” sikloni yaqinlaşmoqda. Ta'kidlanişiça, yomon ob-havo 24 sentabrgaça saqlanib qoladi.