Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Suriyadagi Frot daryosining şarqiy qirğoğini eng xavfli hudud deb atadi.

Uning sözlariga köra, bu hududda Suriya kurdlarining öz-özini mudofaa qiliş kuçlari nazorat örnatgan.

«Ayni vaqtda bu terrorçilik botqoği Suriya kelajagi uçun eng katta xavf hisoblanadi», degan Erdöğan.

U bu «botqoq» Anqaraning ayrim ittifoqçilari kömagi bilan kengayib borayotganini ta'kidlagan. Prezident bu sözlari bilan Qöşma ştatlar Suriyadagi muxolifatçi kurdlarni qöllab-quvvatlaşiga işora qilgan.