Qutqaruvçilar Tanzaniyadagi Viktoriya kölida çökib ketgan yölovçi paromidan bort muhandisini tirik holda topişdi.

Muhandis paromning dvigatel bölimida berkinib olib, falokatdan keyin 2 kun davomida öşa yerda qolgan. U şifoxonaga yetkazilgan.  

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli paromga çipta sotiş bilan şuğullangan şaxslarni hibsga olişni buyurgan va mamlakatda 4 kunlik motam e'lon qilgan.

Falokat vaqtida paromda kamida 300 kişi bölgan. Biroq ularning aniq sonini hisoblab çiqişning imkoni yöq, çunki kassa qurilmasi parom bilan birga çökkan va sotilgan çiptalar töğrisidagi yozuvni topib bölmagan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, qurbonlar soni 218 nafargaça yetgan. 40 dan köproq yölovçi qutqarib qolingan.

Parom 20 sentabrda Yukora orolidagi priçaldan 50 metr narida tönkarilib ketgan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, parom bortida 400 ga yaqin, ya'ni me'yoridan ança köp odam bölgan.