«Toşşahartransxizmat» joriy yilning 23 iyun kunidan boşlab, şahar jamoat transportida (avtobuslarda) oylik yöl çiptalarining (AV, O‘, T, N) seriyalari elektron körinişidagi kartalarga ötkazilib sotilişini ma'lum qilganda, oçiği, sal ensam qotdi. Negaki, bunday va'dalar va balandparvoz loyihalar haqida köp eşitdik, ammo amalda bittasi ham muvaffaqiyatli işga tuşirilmadi. Masalan, jamiyat şu yili «Wi-Fi Bus» loyihasini işga tuşirgandi. Ularning rejasi böyiça yil oxiriga qadar poytaxtdagi ellikta yönalişli avtobus Wi-Fi aloqasi bilan ta'minlanişi belgilangandi. Ha mayli, yil yakuniga yetmadi-ku, kutamiz. Ammo, elektron tölov kartalari böyiça aytar sözim bor! E'tiborli jihati şundaki, bu «yangilik» eng kamida 5 marta yangragan va hanuzgaça amalga oşmay keladi.

2014 yil 6 iyul

«Toşşahartransxizmat» jamoat transportidan foydalanganda NFC (Near Field Communication - yaqin masofadagi aloqa) texnologiyasi orqali tölovni amalga oşiriş imkoniyati paydo bölişi haqida ma'lumot bergandi. Soddaroq qilib, smartfondagi ilova orqali avtomatlaştirilgan tizim imkoniyatidan foydalaniş haqida söz yuritilayotganini ta'kidlaş lozim.

Ana şu paytda mutasaddilar «loyihaning texnik işlanmalari ustida katta iş olib borilayotgani» haqida gapirgan. Hukumat jamoat transportidan foydalaniş va uning sifatini oşiriş borasida 2013 yil noyabr oyida rasmiy hujjatni tasdiqlagan. Agar loyiha işga tuşgan bölsa ham, u ommalaşmadi, qulaylikdan foydalanuvçilar bölişi zarur edi.

2015 yil 16 yanvar

«Toşşahartransxizmat» kelgusi ikki yil içida smart-kart yordamida işlaydigan tölov tizimini yaratişini bildirdi. Jamiyat loyihani amalga oşiriş uçun 8ta nomzoddan birini tanlaşi ma'lum qilingan. «Toşşahartransxizmat» öşa paytdagi rahbari Otabek Sodiqovning aytişiça, loyihaning moliyaviy jihati kredit mablağlarini jalb etiş orqali hal etiladi. Avtobuslarda uşbu tizimni joriy etiş uçun 3-4 oy muddat talab qilinişi aytilgandi.

2015 yil 8 iyul

Özbek-fransuz işbilarmonlar forumida «Toşşahartransxizmat» AJ yaqin kelajakda bajarilişi kutilayotgan loyihani