Haftaning bir kunini "Sport va salomatlik kuni" deb belgilaş taklif etildi, şu bilan birga, bundan keyin muntazam ravişda "15 daqiqa jismoniy tarbiya uçun" aksiyasini ötkaziş rejalaştirilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Ertalabki badantarbiya - nafaqat jismoniy salomatlik garovi, balki insonning ruhiyati va kayfiyatini kötaruvçi, kunni yangi kuç-quvvat va iştiyoq bilan boşlaşga turtki beruvçi muhim vosita. Bu, şubhasiz, oiladagi xotirjamlik, öqiş jarayonidagi yangi yondaşuv va qiziqişlar, mehnat jamoalarida esa foydali iş koeffitsiyentining keskin oşişida ham öz aksini topadi, deyiladi manbada.

23 sentabr erta tongdan Toşkent şahridagi barça bolalar va ösmirlar sport maktablarida atrofdagi hududlarda yaşovçi aholi, ayniqsa, yoşlar iştirokida ommaviy badantarbiya va gimnastika maşğulotlari ötkazildi.

Mazkur an'anani davom ettirib, aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam şuğullaniş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida Toşkent şahrida ommaviy badantarbiya maşğulotlari, spartakiada va marafonlar hamda bellaşuvlar ötkazib boriladi.

Sport bilan muntazam şuğullaniş qator kasalliklarning oldini oladi, bu esa mamlakatdagi bemorlar sonini kamaytirib, uzoq umr körsatkiçlarini oşiradi.

Toşkent şahar jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi şu jihatlarni e'tiborga olgan holda:

  • poytaxtdagi barça davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mehnat jamoalarida haftaning bir kunini "Sport va salomatlik kuni" deb belgilaş taklifini ilgari suradi;
  • iş vaqti uzoq davom etuvçi taşkilotlarda xodimlarning jismoniy va ruhiy toliqişining oldini oliş, ularning iş samaradorligini oşirişga qaratilgan gimnastika maşqlarini bajariş tizimini joriy etiş, iş jarayonidan uzilmagan holda bir neça daqiqani barça birgalikda sportga bağişlaş;
  • "15 daqiqa jismoniy tarbiya uçun" aksiyasida faol iştirok etişga çaqiradi.