IMPACT kompaniyasining boş operatsion direktori Kris Depri özgarişlarga moslaşişning ahamiyati, bu böyiça mohirlikka erişiş borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Yetakçisiz, ammo özgarişni bilmasangiz, töğrisini aytganda qanday qilib bu lavozimni haliyam egallab turganingizga hayronman. Yetakçilikda atrof-muhitdagi özgarişlarga töğri reaksiya qila oliş zarur. Nima uçun bu şunçalik muhim?

Hayotingizdagi vaziyat töğrisida öylab köring. Bari reja böyiça böldimi? Albatta yöq.
Biznes – favqulodda murakkab tizim bölib, unda bir-biriga ta’sir körsatuvçi omillar köp. Har kuni kutilmagan vaziyatlar yuz beradi. Ularni qanday hal etiş mumkin?
Duayt Devid Eyzenxauer aytganidek:
«Rejalar – ma’nosiz, biroq rejalaştiriş – hamma narsa».
Agar rejalar doimiy ravişda özgarişini tuşunsangiz, bu özgarişlarga moslaşişni örganib, barça holatlarga tayyor turasiz. Buni qanday amalga oşiriş böyiça maslahatlar quyidagiça:
Maqsad bilan boşqaring
Barçaga körsatma va vazifalar berişdan avval aslida nimaga erişişni istaşingiz haqida öylab köring. Siz bajarmoqçi bölgan işning ortida qanday maqsad yotibdi? Qanday natijalarga erişmoqçisiz?

Mana şu savollarga javob berişingiz bilanoq jamoangiz siz nimani kutayotganingizni tuşunganiga işonç hosil qiling. Ana öşanda xodimlaringiz bilan yölda uçragan barça tösiqlarni bartaraf eta olasiz.
Agar endigina yetakçi bölişga intilayotgan bölsangiz, rahbar tomonidan berilgan topşiriq, sizdan kutilayotgan natijani töğri tuşunganingizga işonç hosil qiling. Işga kirişing. Taşabbus körsatiş ham muhim. Doim körsatmalar bilangina işlaydigan odamga aylanib qolmang. Bunday qilsangiz, karerada yuqori muvaffaqiyatlarga erişmaysiz.
Tuşuning, kompaniyadagi eng dono odam emassiz













