Germaniyaning Siemens texnologik kompaniyasi öz tarixidagi eng yirik şartnomalardan birini imzolaşi mumkin - u Iroq hukumati bilan mamlakat energetik tuzilmasini qayta tiklaşga doir hujjatni imzolaşga tayyorgarlik körmoqda. Handelsblatt gazetasining xabar berişiça, kompaniya rahbari Jo Kezer yakşanba kuni şu mazmundagi hujjatni muvofiqlaştiriş uçun Boğdodga yöl olgan.
Kelişuv doirasida Siemens mamlakat elektrifikatsiyasida iştirok etadi. Manbaga köra, Germaniya kansleri Angela Merkel uşbu şartnoma böyiça Iroq tomon bilan şaxsan kelişuvga erişgan. Boğdodga Kezer bilan birga Germaniya iqtisodiyot vazirining kotibi Tomas Barays ham yöl olgan.
Ta'kidlanişiça, muzokaralar davomida kelişuv summasi 13 milliard yevrodan ortiqqa baholangan. Siemens hozirça bu ma'lumotga rasmiy izoh bermagan. Iroq tomon kelişuvni ijobiy baholamoqda.











