Özbekistonda yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasi, soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va aholining jismoniy faolligi darajasini 2019-2022 yillarda oşiriş böyiça konsepsiya tasdiqlanadi. Bu haqda prezidentning tegişli qarori loyihasida aytiladi. 

Şuningdek, yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasi, soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va aholining jismoniy faolligi darajasini 2018-2022 yillarda oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. 

Qaror loyihasi bilan Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş böyiça milliy markaz taşkil etilişi möljallangan.

Markazning faoliyati soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, yuqumli va yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ular bilan kuraşiş böyiça manzilli dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş, aholi bilan bu boradagi işlarni kuçaytiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş böyiça ommaviy tadbirlar ötkaziş, respublika aholisi salomatligi holatini monitoring qilişning yagona tizimini taşkil etişga boğliq böladi.