Çeçenistonlik MMA jangçisi Huseyn Xaliyev irlandiyalik Konor Makgregorga videomurojaat qilib, u rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan bölib ötgan matbuot anjumanida aytgan gaplari uçun javob berişini bildirdi.
«Konor, sen laqmalik böyiça katta usta ekansan. Bunga matbuot anjumanini körib işonç hosil qildim. Bu laqmaliging Irlandiya, Amerika va yana qayerdadir ötadi. Ammo Çeçeniston yoki Kavkaz haqida gap borganida nimani gapiriş mumkin, nimani gapiriş mumkin emasligini öylaşing kerak. Aytgan sözlaring uçun qafas içida yoki uning taşqarisida javob berişingga töğri keladi», — dedi Xaliyev.
Xaliyev çeçenlar oila yoki biror kişisining şa'nini toptaganlarni heç qaçon keçirişmasligini ta'kidladi. «Şuning uçun tezroq tavba qilib keçirim söraşingni maslahat beraman, hayot Habib bilan jangdan söng tugab qolmaydi. Agar katta sarguzaşt izlamayotgan bölsang, tilingga ehtiyot böl», — dedi Xaliyev.
21 sentabr kuni bölib ötgan matubot anjumanida Makgregor Nurmagomedov şa'niga haqoratli sözlarni aytdi. Bundan taşqari u Çeçeniston rahbarini diktator deb atadi.
Nurmagomedov va Makgregor örtasidagi jang 6 oktabr kuni Las-Vegasda bölib ötadi.












