Gruziya sobiq boş vaziri Georgiy Kvirikaşvili Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining (YeTTB) xalqaro maslahatçisiga aylandi hamda Özbekiston hukumatiga davlat va xususiy sektor örtasida muloqot platformasini yaratişda yordam beradi. Bu haqda «Interfaks» Gruziyaning «Imedi» telekanali xabariga tayangan holda yozmoqda.
Telekanal ma'lumotiga köra, YeTTB bilan tegişli şartnomani G.Kvirikaşvili bir neça hafta muqaddam rasmiylaştirgan.
G.Kvirikaşvili 2018 yil 13 iyun kuni ikki yildan ortiq vaqt davomida egallagan boş vazirlik lavozimidan iste'foga çiqişi haqida ma'lum qildi. Bundan bir kun avval BMTning Bolalar jamğarmasi (UNICEF) 2017 yilgi tadqiqotini e'lon qildi, unga köra Gruziyada qaşşoqlar soni sönggi ikki yil içida 2,1 foizdan 5 foizga oşgan. UNICEF mutaxassislarining bildirişiça, bunga iqtisodiy ösiş sekinligi, işsizlik va iste'mol narxlari oşişi sabab bölgan.

















