Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 sentabr kuni rasmiy taşrif bilan mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi.

«Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, siyosiy iroda va birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli Özbekiston va Turkiya örtasidagi an'anaviy yaqin va döstona munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilganini ta'kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Ötgan yil kuzda Turkiyaga va joriy yil bahorda Özbekistonga amalga oşirilgan davlat taşriflari davomida bölib ötgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, ular yakunida imzolangan muhim hujjatlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş uçun mustahkam asos yaratişga xizmat qilgani alohida qayd etildi.
Siyosiy muloqot faol rivojlanmoqda. Turkiyaning yetakçi kompaniyalari va banklari bilan hamkorlikda savdo, innovatsiyalar, energetika, infratuzilma, transport, turizm, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati va boşqa tarmoqlarda investitsiya dasturlari va loyihalari amalga oşirilmoqda.
Joriy yil boşidan buyon 230dan ortiq Özbekiston – Turkiya qöşma korxonasi taşkil etilgani Turkiya işbilarmonlarining Özbekistonda biznes yuritişga qiziqişi ortib borayotganidan dalolat beradi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi şu davrda 40 foizdan ziyodga oşdi.
Madaniy-gumanitar, jumladan, soğliqni saqlaş, ta'lim va turizm sohalaridagi almaşinuvlar kengaymoqda.
Ikki tomonlama munosabatlarni izçil rivojlantiriş va mustahkamlaşda parlamentlararo aloqalar muhim örin tutadi. Mamlakatlarimiz qonun çiqaruvçi organlari örtasida faol muloqot kuzatilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisida döstlik guruhlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Hamkorlikni rivojlantiriş böyiça memorandum va «Yöl xarita»si qabul qilingan.
Suhbatda oliy darajadagi uçraşuvlar yakunida erişilgan kelişuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oşiriş, şuningdek, hamkorlikka oid qöşma dastur va loyihalarning parlamentlar vakillari tomonidan faol qöllab-quvvatlanişi muhimligi qayd etildi.

















