Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim Özbekistonga rasmiy taşrifi davomida Samarqandga bordi.

Yildirimni va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyani aeroportda Özbekiston Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov kutib olişgan.

Yildirim Samarqandga taşrifi davomida Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov maqbarasiga taşrif buyurib, uning qabriga gullar qöygan. Bundan taşqari, turkiyalik yuqori martabali mehmon rafiqasi Samiha Yildirim bilan Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga borgan.

Yildirim Imom al-Buxoriy masjidida namozni ado etib, masjid hovlisida mahalliy aholi bilan suhbatlaşgan.

Yildirim boşçiligidagi turk delegatsiyasi Imom Moturidiy va Amir Temur qabri joylaşgan Gör-Amir maqbaralariga taşrif buyurgan. Bu yerda Yildirim xorijiy sayyohlar bilan suhbatlaşgan.

Foto: Anadolu

Yildirim, şuningdek, Registon maydoni, Uluğbek va Tilla-Qori madrasalariga borib, u yerda yurtdoşlari bilan uçraşgan.  

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov Yildirim şarafiga qabul taşkillaştirdi. Yildirim 26 sentabrda qöhna Buxoro tomon yöl oladi.