Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni multimodal taşuvlar böyiça xalqaro forumda iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Turkiy davlatlar taşkiloti Oqsoqollar kengaşi raisi Binali Yildirimni qabul qildi.
Kengaşning köp tomonlama taşabbuslarni muvofiqlaştiriş va ilgari surişdagi örni hamda faol iştiroki ortib borayotganini hisobga olib, taşkilot doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Joriy yilda Budapeşt va Gabala şaharlarida ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitlarida Özbekiston tomonidan ilgari surilgan strategik takliflarni amalga oşiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Prezident Oqsoqollar kengaşining institutsional salohiyatini mustahkamlaş, şuningdek, turkiy xalqlarning milliy an’analari, ma’naviy merosi va madaniy birligini saqlaşga qaratilgan qöşma loyihalarni ilgari suriş böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqişni taklif etdi.













