Turizm faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda şart-şaroitlarni yaxşilaş va yangi turizm xizmatlari sohasini rivojlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylarini taşkil etiş töğrisida”gi 631-sonli qarori qabul qilindi.
Uşbu qarorga köra oilaviy mehmon uylari Xususiy korxona yoki oilaviy korxona tartibidagi tadbirkorlik sub'yektlari hisoblanib uşbu mehmon uylarida uy egasining oila a'zolari bilan birga yaşaş tamoyili böyiça bir vaqtning özida 10 nafargaça taşrif buyuruvçilarga (turistlarga) vaqtinça yaşaş va (yoki) ovqatlaniş böyiça xizmatlar körsatuvçi, şuningdek, har bir yaşovçiga 3 m2 hisobidan töğri keladigan zaruriy turar-joy maydoniga ega bölgan xususiy uy-joy hisoblanişi belgilangan.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlaştiriş soddalaştirilgan tartibda bölib, mehmon uylarni örganiş dalolatnomasi asosida ularni Reyestrga kiritiş va Reyestrdan tegişli köçirma beriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Bunda arizaçi tomonidan Xususiy tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat röyxatidan ötganligi töğrisidagi guvohnoma nusxasi hamda Bino va inşootga bölgan huquqi davlat röyxatidan ötganligi töğrisidagi guvohnoma nusxasi hujjatlarini taqdim etadi.
Toşkent şahrida Oilaviy mehmon uylarini taşkil etiş istagini bildirgan barça xöjalik yurituvçi sub'yektlar Toşkent şahar Turizmni rivojlantiriş departamentiga murojaat qilişlari mumkin.












