Vazirlar Mahkamasining 18.09.2018 yildagi 741-son qarori bilan Andijon viloyatidagi böş turgan obektlar negizida 4 ta qöşimça kiçik sanoat zonalari taşkil etilmoqda.
 
Eslatib ötamiz, ötgan yil avgust oyidagi Hukumat qarori bilan Andijon viloyatida 4 ta KSZ taşkil etiş nazarda tutilgan edi. Biroq ularning 2 tasi faoliyat yuritmaydigan körinadi (VMning 4.08.2017 yildagi 588-qaroriga 2-ilovadan 3, 4-pozitsiyalar çiqarib taşlandi).
 
Norma’ning yozişiça, mintaqada Andijon (1,1 ga), Şahrixon (30 ga), Qörğontepa (0,8 ga) va Baliqçi tuman KSZlar (4,8 ga) qöşimça ravişda taşkil etiladi. Dastlabki uçtasiga hokimlikning zaxira fondidagi foydalanilmayotgan yer uçastkalari ajratiladi, sönggisi esa 1 000 m2 umumiy maydonga ega sobiq ferma bino va inşootlarini egallaydi. Aniq çegaralar bir oy muddatda belgilanadi.
 
KSZ hududidagi davlat köçmas mulki biznesga 10 yil muddat bilan uzoq muddatli ijaraga, biznes-rejalar bajarilgan, iş örinlari taşkil etilgan va saqlab qolingan, barça soliqlar va majburiy tölovlar öz vaqtida tölangan taqdirda keyinçalik ularga mulk huquqi beriladi. Ijaraga berilgan davrda (faoliyat turidan kelib çiqqan holda) oşib boradigan koeffitsiyentlarni qöllamasdan minimal stavkalar amal qiladi. Qatnaşçilarga Andijon viloyati EIZ va KSZ ma'muriy kengaşining (25.10.2017 yildagi PQ–3356-son qarorga muvofiq taşkil etilgan) qarorlari bilan yer beriladi.
 
Faoliyat körsatayotgan va yangidan taşkil etilayotgan KSZlarda umumiy qiymati 300 mlrd söm bölgan işlab çiqarişlarni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Importning örnini bosadigan va eksportga yönaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovçi buyumlar işlab çiqariladi. 2 oy muddatda aniq «yöl xaritalari» işlab çiqiladi va 2018–2019 yillarda aynan qanday loyihalarni amalga oşiriş közlanganligi tadbirkorlarga yetkaziladi. Bölğusi investorlarga har tomonlama, ş.j. KSZ hududidagi loyihalarning biznes-rejalarini işlab çiqişda kömak beriladi.
 
Hujjat 20.09.2018 yildan kuçga kirdi.