Toşkent viloyati Bekobod tumani hokimi Otabek Ubaydullayeviç Isroilov lavozimdan ozod etildi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Foto: Otabek Isroilov / Kun.uz

Manbaning ma'lum qilişiça, tuman hokimi topşiriqlarni öz vaqtida bajarmagani uçun işdan ketgan.

Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov Ne'mat Abdullayevni Bekobod tumanining yangi rahbari sifatida taniştirgan. Abdullayev şu vaqtgaça Parkent tumani hokimi sifatida işlab kelayotgandi.

Ma'lumot uçun, Otabek Isroilov 2017 yilning iyulida Bekobod tumaniga hokim bölgandi. Undan avvalroq, 2017 yilning aprelida Rustam Xolmatov örniga Turobjon Jörayev Bekobod tumaniga hokim etib tayinlangan, biroz vaqt ötib u Samarqand viloyati hokimi lavozimiga ötkazilgandi.