Özbekiston Respublikasining 2019-2021 yillar uçun innovatsion rivojlaniş strategiyasi tasdiqlandi. Yaqin yillar içida mamlakatni bu borada nimalar kutmoqda? Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov öz intervyusida şu va boşqa savollarga javob topişga harakat qildi.

Strategiyaning asosiy maqsadi nima?

Strategiyaning asosiy maqsadi inson kapitalini mamlakatning jahon sahnidagi raqobatbardoşlik va innovatsion taraqqiyoti darajasini aniqlab beruvçi asosiy omili sifatida rivojlantiriş hisoblanadi.

2030 yilga borib Özbekiston Global innovatsion indeks reytingi böyiça dunyoning eng ilğor 50 mamlakati tarkibiga kirişni rejalaştirmoqda.

E'tiboringizni dastur natijalarini baholaşga innovatsion yondaşuvga qaratmoqçiman. Ilgari bunday edi: biz özimizni özimiz maqtar edik, lekin taşqarida heç kim bunga jiddiy munosabatda bölmas edi.

Xatolarni tan olişga töğri kelmasligi uçun biz turli xalqaro tadqiqot va reytinglarda iştirok etişdan çetlaşdik.

Ilm-fan va innovatsiya rivojlangan, yutuqlar bölgan. Biroq natijalar xalqaro ma'lumotlar bazasi va Global innovatsion indeks reytingiga taqdim etilmagan.

Agar vaziyatga oçiqçasiga qaraydigan bölsak, bunday yondaşuv ilğor rivojlanişga turtki bermagan, aksinça, bizni ortga tortgan.

Endi bari boşqaça, maksimal darajada obektiv böladi.

Taraqqiyot 81 körsatkiç böyiça baholanadi, ular xalqaro taşkilotlar reyting va tadqiqotlarida aks etadi.

Ibrohim Abdurahmonov

34 körsatkiç böyiça strategiyani amalga oşiriş davomida mamlakat öz holatini sezilarli darajada yaxşilaşni rejalaştirmoqda, 47 körsatkiç böyiça yutuqlarni baholaş esa umuman birinçi marta ötkaziladi. Baholaş davlat qurilişi, inson kapitali va tadqiqotçilik faoliyati, infratuzilma, bozorlar, biznes, ilm-fan va texnologiyalar, ijodiy natijalar böyiça amalga oşiriladi.