Isko safdan chiqdi. U «Barselona»ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi

«Real» yarimhimoyachisi Isko kamida bir yarim oy davomida futbol o‘ynamaydi.
As nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga ko‘richakning zo‘rayishi tashxisi qo‘yilgan. U yaqin orada jarrohlik amaliyotidan o‘tadi, keyin esa tiklanish jarayonini boshlaydi.
Futbolchi 28 oktabr kuni Ispaniya chempionati 10-turi doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi.
Madridliklar jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi uning holati haqida ma'lumot bergan.
«Men shifokorlar bilan gaplashdim. Menga aytishdiki, barchasi yaxshi kechsa, u tez orada safga qaytadi.
Har qanday jarohat - yomon yangilik. Endi biz uning o‘rnida asosiy tarkibda kim o‘ynashini hal qilib olishimiz kerak. Bunday holatlar butun mavsumga ta'sir ko‘rsatadi», deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirgan ispan nashrlari.
Joriy mavsumda ushbu futbolchi «Real» safida barcha turnirlar doirasida 7 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Forbes: Rossiyada dollarli milliarderlar soni rekord darajaga yetdi
Jahon | 11:09
-
Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:00
-
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:58
-
«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
O‘zbekiston | 10:42
Mavzuga oid

08:10 / 24.03.2025
Internetga qarab o‘z ko‘richagini kesmoqchi bo‘lgan hindistonlik og‘ir ahvolga tushib qoldi

17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?

18:13 / 27.07.2023
«U tomog‘imdan bo‘g‘di». Isko «Real»dan ketish sababi, Monchi bilan mojaro va Berlindagi masxarabozlik haqida

17:20 / 07.10.2020