Niderlandiya taşqi işlar vaziri Stef Blok avstraliyalik hamkasbi Maris Peyn bilan Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH17 reysidagi urib tuşirilgan Boeing bilan boğliq vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Niderlandiya Taşqi işlar vazirligi veb-saytida xabar qilingan.

Qayd etilişiça, ikki mamlakat vakillari Rossiyani yuz bergan halokat tufayli javobgarlikka tortiş masalasi haqida fikr almaşişgan.

«Bugungi kunda bizning mamlakatlarimiz Rossiya tomoni bilan diplomatik kanallar orqali aloqada bölib turibdi», - dedi Blok.

U bu masala böyiça muzokaralar yaqin kelajakda boşlanişi kerakligiga e'tibor qaratdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevroittifoq Rossiyani MH17 halokati uçun javobgarlikni tan olişga çaqirgandi.