Nautilus tadqiqot kemasi jamoasi çuqur suv ostida yaşovçi noyob va antiqa jonzotni videoga oldi. Bu jonzot deyarli birgina oğizdan iborat bölib, göyoki suvda “erib keta oladi”. 

Bu jonzotning nomi kattaoğiz yoki çuqur suv osti pelikan-baliği bölib, u 1200 metrdan 1400 metrgaça çuqurlikda yaşaydi. U oğzini deyarli 360 gradusga oçib, özidan ança kattaroq öljani tuta oladi. 

Olimlar videodagi jonzot baliqça ekanligini taxmin qilişgan, çunki uning katta yoşlisi bir metrgaça uzunlikka yetadi. 

Videoni tomoşa qilar ekansan, undagi baliq tirik mavjudot emas, balki kompyuter grafikasidek tuyuladi.

Biologlar uşbu videoni Tinç okeanida joylaşgan, dunyodagi eng katta dengiz qöriqxonasi – Papaxanaumokuakea milliy boğida suratga olişgan.