AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasida çiqiş qildi.
Zal uning nutqini kulgi bilan kutib oldi. Tramp nutqi boşida öz ma'muriyati ikki yilga yaqin vaqt içida bajargan iş va erişgan yutuqlarga avvalgi prezidentlarning ma'muriyatlari töliq muddatda ham erişa olmaganini aytib, maqtangandi.
Trampning nutqidan asosiy tezislar:
- Uning ma'muriyati ikki yildan kamroq vaqt içida mamlakat tarixidagi deyarli istalgan prezident ma'muriyatidan köproq natijaga erişgan. AQŞ «yanada kuçliroq, boyroq va xavfsizroq» bölgan.
- Jahon savdo tizimi özgarişlarga muhtoj. AQŞ savdo disbalansini bartaraf etişi, buning uçun ayrim mamlakatlar bilan savdo kelişuvlarini qayta körib çiqişi kerak.
- OPeK mamlakatlari «boşqalardan öğirlaydi». Tramp ular neft narxini oşirişni bas qilişini, aksinça tuşirişini istaydi.
- Suriyadagi ziddiyat böyiça istalgan qaror Eron bilan munosabatlardagi strategiyani ifodalaşi kerak.
- AQŞ boşqa mamlakatlardan «Eron rejimini yakkalantirib qöyiş»ni söraydi. Tramp Eron özining «agressiv» siyosatini davom ettirar ekan, bu davlatga qarşi qöşimça sanksiyalar 5 noyabrdan tiklanişini ma'lum qildi.
- Tramp Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inga «jasurlik» uçun va taşlagan yangi qadamlari uçun minnatdorçilik bildirdi. Şu bilan birgalikda, KXDRga qarşi sanksiyalar Koreya yarimoroli yadroviy quroldan butkul xoli bölmaguniça saqlanib qolişini aytib ötdi.
- Barça xalqlar sotsializmga va u keltiradigan «azoblar»ga qarşi turişi kerak. Barça mamlakatlar AQŞning Venesuelada demokratiyani tiklaş böyiça çaqiriğiga qöşilmoği lozim.
- Germaniya zudlik bilan kursni özgartirişi va Rossiya energoresurslariga qaramlikdan xalos bölişi kerak.
- AQŞ globalizm ğoyasini inkor etadi va vatanparvarlik doktrinasiga işonç bildiradi. Şuning uçun, AQŞ Xalqaro jinoiy sudni tan oliş va qöllab-quvvatlaşdan boş tortadi.
- AQŞ BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşida «real islohotlar» ötkazilmas ekan, unga qaytmaydi.












