Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonlik qizlar rossiyalik shaxmatchilarni mag‘lubiyatga uchratishdi
Jahon shaxmat olimpiadasi ikkinchi turida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning reyting-favoriti hisoblangan Rossiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasining 2,5:1,5 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Durang natijalar uchta o‘yinda qayd etildi. G‘alaba keltirgan ochko qora donalarda o‘ynagan Nodira Nodirjonova tomonidan taqdim etildi, u murakkab kechgan o‘yinda tajribali Natalya Pogoninani taslim etdi.
Erkaklar terma jamoasi Ukraina terma jamoasiga minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
26 sentabr kuni erkaklar terma jamoasi uchinchi turda Vengriya bilan, ayollar terma jamoasi Indoneziya terma jamoasi bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev, Nikita Xoroshev va Saidali Yo‘ldoshevdan iborat O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ilk turda Niderlandiya antil orollarini mag‘lubiyatga uchratishdi. Gulruhbegim Tohirjonova, Sarvinoz Qurbonboyeva, Irina Gevorgyan, Nodira Nodirjonova hamda Sevara Boymurodovalardan iborat ayollar jamoasi esa Trinidad va Tobago shaxmatchilarini taslim etishdi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026