Geely kompaniyasi AE200 X01 uçar avtomobilining ilk sinovlarini ötkazdi, deb xabar berdi Xitoyning Autohome portali. 

AE200 X01 - bu şahar va şaharlararo parvozlar uçun möljallangan beş örindiqli vertikal uçiş va qöniş (eVTOL) xususiyatiga ega avtomobil. 

Geely 2022 yil avgust oyida uçar avtomobil işlab çiqilişini e’lon qilgan edi. U Geely kompaniyasining aviatsiya bölimi Wofei Changkong Technology tomonidan işlab çiqilmoqda. Ötgan yilning noyabr oyida model sertifikatlangan. Uning texnik xususiyatlari körsatilmagan. 

CarNewsChina portaliga köra, uçar avtomobil böyiça barça işlarni 2024 yilgaça yakunlaş rejalaştirilgan.