Xorazm viloyati markazi Urganç şahrida bir neça yillar davomida internet trafik öğirlaş bilan şuğullangan şaxs uşlandi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

Fuqarolar tomonidan internet trafiklarining tösatdan yöqolib qolayotgani töğrisida şikoyat tuşganidan söng, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşuvçi xodimlar tomonidan olib borilgan tekşiruv-suriştiruv işlari jarayonida Urganç şahrida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan Y.A. kirdikorlari foş etildi.

Aniqlanişiça, axborot va kompyuter texnologiyasi «ustamoni» 2012 yilning dekabr oyidan 2018 yilning iyun oyigaça bölgan davr oraliğida 58 nafar fuqaroning modem va uyali telefonlari maxfiy parollarini buzib, qariyb 13,5 million sömlik internet trafikini öğirlab kelgan.

Bu holat yuzasidan Y.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Şu örinda, «KUN.UZ» tahririyati internetdan foydalanuvçi hamyurtlarimizga Wi-Fi modemlariga zinhor oddiy parollarni örnatmaslik, ularni iloji boriça murakkab, ya'ni katta-kiçik harf va raqamlarning aralaşuvidan iborat qiliş, şuningdek, internetdan foydalanilmayotgan paytda modemni öçirib qöyişni tavsiya qiladi.