Rossiya davlat dumasi uçinçi öqişda pensiya islohoti töğrisidagi qonunni qabul qildi. Endi Rossiyada pensiya yoşi bosqiçma-bosqiç 5 yilga kötariladi va erkaklar 65 yoşdan, ayollar esa 60 yoşdan pensiyaga çiqişadi.
3 oktabr kuni qonun loyihasi federatsiya kengaşida (yuqori palata) körib çiqiladi, senatorlar bu loyihani tasdiqlaşsa, RF prezidenti Vladimir Putin uni imzolaşi mumkin böladi.
Qonunga köra, muddatidan avval pensiyaga çiqiş huquqini beradigan staj bilan erkaklar 42 yoşdan, ayollar esa 37 yoşdan pensiyaga çiqişlari mumkin böladi.
Şu yilning iyulida quyi palata birinçi öqişda Rossiyada pensiya yoşini erkaklar uçun 60 yoşdan 65 yoşga, ayollar uçun 55 yoşdan 63 yoşga oşiriş haqidagi qonun loyihasini qabul qilişgandi. Şundan keyin bunga nisbatan Rossiyaning barça yirik şaharlarida norozilik namoyişlari tölqini boşlandi. Hukumat va prezident reytingi keskin pasaya boşladi.
29 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qonun loyihasini yumşatişga körsatma berdi. Unga köra, ayollar uçun pensiya yoşi taklif etilganidek 63 emas, 60 yoş böladigan böldi. Şuningdek, agar ayolning 3 nafar farzandi bölsa, 3 yil ilgari, 4 nafar bölsa 4 yil ilgari pensiyaga çiqadi. Beş va undan ortiq farzandlari bölgan onalar 50 yoşdan pensiyaga çiqişlari mumkin böladi. Hozirgi qonunçilikka köra beş nafar farzandi bölgan ayollar hamda ikki va undan ortiq farzandi bölib, çekka şimolda ma'lum yillar mobaynida işlagan onalargina pensiyaga erta çiqiş huquqiga ega.
Yaqin ikki yil içida pensiyaga çiqişi kerak bölgan, ammo pensiya yoşi oşirilişi munosabati bilan pensiyaga çiqa olmaydigan fuqarolarga pensiyaga yarim yil ertaroq çiqişlariga ruxsat beriladi. «Masalan, yangi pensiya yoşi böyiça 2020 yil yanvarda pensiyaga çiqişi kerak bölgan fuqaro 2019 yil iyulda çiqişi mumkin böladi», - deb tuşuntirdi Putin.
Pensiyaga çiqişiga 5 yil qolgan rossiyaliklarga qayta öqiş imkoniyatini beriş va malakasini oşiriş böyiça maxsus dasturni tasdiqlaş lozim, degan Putin. Şuningdek, ular uçun işsizlik nafaqasi miqdori 4,9 ming rubldan 11,3 ming rublgaça oşiriladi. Biznesga yoş diskriminatsiyasi uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi. Tadbirkorlarga pensiyaga çiqiş yoşidagi xodimlarni işga qabul qilganlik uçun imtiyozlar taqdim etiladi.
Şimoldagi tub aholi uçun amaldagi şartlar saqlab qolinadi. Ular pensiyaga ertaroq – ayollar 50 va erkaklar 55 yoşdan çiqişadi. Avvalroq çekka şimoldagilar uçun ham pensiya yoşini oşiriş taklif qilingandi.
Bu loyiha 2019 yildan hayotga tatbiq etilib, islohot 2034 yilgaça yakunlanişi nazarda tutilgan.












