Kasaba uyuşmalari 2030 yilgaça pensiya yoşini 62 yoşdan 64 yoşga kötariş haqidagi qonun loyihasini qaytarib olişni talab qilmoqda.

Namoyişçilar temiryöl vokzallari, Parijdagi Şarl de Goll aeroporti, neftni qayta işlaş zavodlari va portlarni tösib qöydi.

Tezyurar va mintaqaviy poyezdlar, Parij metrosi va boşqa yirik şaharlardagi jamoat transporti tizimlari işlamay qolgan. Parijning Orli aeroportida parvozlarning 30 foizga yaqini bekor qilingan.

Kun.uz bilan suhbatda Fransiyada yaşaydigan özbekistonlik Doniyor Rözmetov namoyişlar kölami haqida gapirib berdi.

“Fransiyada namoyişlar bölib turişi odatiy hol. Çunki Fransiya ança siyosiylaşgan jamiyat hisoblanadi. Norozilik ifodalari turli körinişlarda yuz bermoqda: parlamentda, köçalarda va iş taşlaşlar orqali. Masalan, maktablar, banklar va boşqa sohalarda işlaydigan davlat xizmatçilari; avtobus haydovçilari kabi kundalik hayotda muhim örin tutadigan odamlar iş taşlaydi va hayotni bloklab qöyişadi. Yöllarni tösişadi – işga ketişingiz kerak, ammo maktabdagi öqituvçilar iş taşlasa, öşa kuni bolani maktabga olib borib bölmaydi. Özingiz ham işga ketolmay ötirasiz. Qiyinçiliklarga duç kelasiz: avtobusga çiqib işga borişingiz kerak, ammo avtobuslar yurmaydi. Hukumatga bu norozi odamlarning bosimidir”, – deydi Doniyor.

U odatda namoyişlarning legitimligini yöqotişga urinadigan yaşirinça kuçlar bölişi, ular [namoyişlarga] aralaşib dökonlarni buzib, maşinalarni yoqib, namoyişlar legitimligini pasaytirişini ta’kidlaydi.

 “Ammo hozirgi vaziyatda xalq öz noroziligini şu körinişda bildiryapti”, – deydi Fransiyadagi hamyurtimiz. 

Politsiya namoyişlarni tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gazdan foydalanyapti.

Ğarbiy Nant, Renn va Loriyen şaharlarida ma’muriy binoga hujum uyuştirilgan, politsiya bölimi hovlisiga öt qöyilgan va derazalari sindirilgan.

26 mart kuni Britaniya qiroli Çarlz III taxta ötirganidan buyon ilk marta Fransiyaga borişi kutilgandi. Ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan bu taşrif qoldirildi. Çunki Fransiya kasaba uyuşmalari qirolning taşrifi vaqtida köproq iş taşlaşlar va norozilik namoyişlarini ötkazişga