Hozirgi kunda insonlar hayotini yanada yengillaştiriş uçun yangidan yangi qurilmalar işlab çiqarilmoqda. Rivojlangan davlatlar esa yangi davr – törtinçi sanoat revolyutsiyasiga har tomonlama tayyor böliş maqsadida innovatsion ğoyalar, yangi startap loyihalarni işga tuşirmoqda. Janubiy Koreyada ham yoşlar yangi ixtirolarni hayotga tatbiq etiş bilan band.

Mana şunday yoşlardan biri Yonsey universitetining fizioterapiya bölimi magistranti, bölajak şifokor Çoy Vonsukdir. U imkoniyati çeklangan hamda bemor insonlar hayotini yanada yengillaştiriş uçun kompyuter va 3D printer qurilmasidan foydalangan holda Splint and Assistive yordamçi uskunalarini yaratdi. Hozirda Vonsuk öz innovatsion loyihasini nafaqat Koreya, balki boşqa davlatlarda ham keng ommaga namoyiş etib kelmoqda. Bugungi suhbat orqali qahramonimiz yaratgan yangi qurilmalar haqida yanada yaqinroq bilib oliş imkoniga ega bölasiz.

- 3D bosma qurilmalarining mutaxassisi bölib yetişişda nimadan ilhomlandingiz?

- Törtinçi sanoat revolyutsiyasi haqidagi maqolani öqiy turib, yangi 3D printer haqida bilib oldim. 3D printer yangi texnologiya bölib, işlab çiqariş sanoati paradigmasini özgartirib yubordi. Juda ham köp afzalliklar meni qiziqtira boşladi. 3D printer texnologiyasi orqali har kim sotuvçi va xaridor örtasidagi tösiqni olib taşlaydigan mahsulotni yaratişi mumkin. Bundan taşqari, yangi texnologiya “kiçik hajmdagi seriyali qurilmalar işlab çiqarişga yordam beradi. Mana şunday afzalliklar tufayli 3D printer vositasi imkoniyati çeklangan insonlar uçun har biri öz jismoniy xususiyatlariga ega maxsus yordamçi qurilmalar va şinalar yaratişga mos keladi.  

Çoy Vonsuk

- Öz ğoyalaringiz va iş tajribangiz haqida sözlab bersangiz?

- Asosiy 3D bosma texnologiyalari orqali insonlarni harakatlanişiga kömaklaşuvçi yordamçi qurilmalar yaratişga harakat qilaman. Hozirgi kunda men qurilmalar işlab çiqariş uçun 3D skaneri va 3D modellaştirişdan foydalanaman. Şu kunga qadar men barmoqlar, bilaklar uçun şina, ovqatlanişga kömaklaşuvçi qurilma, ğildirak örindiq uçun elektron joystik, 3D orqali siçqon-tayoqça yaratganman. Har bir qurilma jismoniy qobiliyatlar orqali mustaqil harakatlanişga möljallangan.