Tojikiston poytaxti Duşanbe şahridagi «Köhi somon» saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi boşlandi.
Majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda.
Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara ötkazdi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarga köra, unda nutq sözlagan Şavkat Mirziyoyev jahonda jadal özgarişlar röy berayotgan, xatar va tahdidlar kuçayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi zarurligini, köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş uçun muhim maydon bölib xizmat qilayotganini ta'kidlagan.
«Ötgan yil Özbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqiç böldi. Mamlakatimiz Hamdöstlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş kabi sohalarni qamrab olgan 10dan ortiq tarmoq organlariga qöşildi. Joriy yil boşidan Özbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi jadal ösmoqda.
Mamlakatimiz taşabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirişga xizmat qilmoqda», deyilgan xabarda.
Sammitda Şavkat Mirziyoyev köp tomonlama hamkorlikni kengaytirişning dolzarb va istiqbolli yönalişlariga töxtalib ötgan.
Özbekiston 2020 yilda MDH Davlat rahbarlari kengaşi majlisini ötkazişga tayyor ekanini tasdiqlagan.















