Bugun, 27 sentabr kuni «Hilol-Nashr» naşriyotida «Faqih imomlar ixtilofida hadisi şarifning örni» va «Javome'ul kalim» nomli yangi kitoblar taqdimoti bölib ötdi. Unda suriyalik maşhur muhaddis alloma şayx Muhammad Avvoma, uning öğli doktor Muhyiddin Muhammad Avvoma, Özbekistonning taniqli ulamolari, şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning şogirdlari, kitobsevar muxlislar iştirok etişdi.

Taqdimoti ötkazilgan birinçi kitob şayx Muhammad Avvoma hafizahullohning Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tarjimasidagi «Faqih imomlar ixtilofida hadisi şarifning örni» nomli kitobi hadis ilmiga doir bölib, unda xususan, hadisi şarif qaçon amal uçun yaroqli böladi, hadisi şarifni tuşunişdagi ixtiloflar, imomlarning zohiri bir-biriga qarama-qarşi bölgan sunnatga nisbatan tutgan yöllarining turli-tumanligi, sunnatni bilişda darajalarining turliligidan kelib çiqadigan ixtilof kabi masalalarda söz yuritilgan.

Şayx Muhammad Avvoma hafizahulloh bu kitobni 42 yil avval yozgani, 4 nafar ustozlari körigidan ötkazgani, kitobga davrning bahsli muammolari yeçimini kiritganini ta'kidladi. Şayx hazratlari salaf ulamolar hayotidan misollar aytib, tolibi ilmlarga kitob ta'lif etiş odoblarini gapirib, nasihat qildi.

Kitobxonlar e'tiboriga havola qilingan ikkinçi kitob doktor Muhyiddin Muhammad Avvoma qalamiga mansub «Javome'ul kalim» kitobi bölib, özbek tiliga Ismoil Muhammad Yusuf tomonidan tarjima qilingan. Muallif risolada sahih va hasan hadislarni töplagan bölib, ularning hajmi kiçik, iboralari yengil, yodlaş uçun osondir. Aslida «javome'ul kalim» Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning gözal fazilatlaridan biri bölib, qisqa, lönda sözlar bilan olam-olam ma'nolarni ifodalaş qobiliyatidir. Kitobdagi hadislar ham qisqa bölişiga qaramay ana şunday keng ma'nolarni ifodalagani uçun unga şunday nom berilgan.

Ma'lumot örnida: Şayx Muhammad Avvoma 1940 yilda Suriyaning Halab şahrida tavallud topgan. 1962 yili universitetning şariat fakultetiga öqişga kirgan. Şu yildan 1980 yilgaça Şabaniya madrasasida, şuningdek, Ravza universitetida dars bergan.