Odinaxon Muhammad Sodiq: “Har bir musulmon boşqa musulmonni özidan ustun qöyişi kerak”. Muslimaat.uz veb-saytining hisobot anjumani xususida
|01:54 / 16.09.201933 3548 min
Foto: muslimaat.uzFoto: muslimaat.uz
15 sentabr kuni Hilol-nashr naşriyot uyida muslimaat.uz sayti hamda Bintu Sodiq axborot-ma'rifiy kanalining “Sarhisob ─ 1440” hisobot tadbiri bölib ötdi. Unda ayollar uçun diniy-ma'rifiy ma'lumotlar berib borişni maqsad qilgan mazkur internet resurslarning hijriy 1440 (milodiy 2018 yil sentabr ─ 2019 yil sentabr) yilda amalga oşirgan işlari xususida ma'lumotlar taqdim etildi.
Virtual tarmoqda islomiy bilimlarni tarqatiş maqsadida Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf boşçiligida 2004 yilda muqaddas Islom dini haqida özbek tilidagi ilk elektron resurs ─ www.islom.uz veb-sayti işga tuşirilgan edi. Foydalanuvçilari soni ortib, qamrovi kengayib borgani sari mazkur veb-saytning har bir bölimi alohida sayt tarzida işga tuşirildi, quran.uz, fiqh.uz, siyrat.uz kabi saytlarni birlaştiruvçi portalga aylandi.
www.muslimaat.uz sayti ham dastlab www.islom.uz portalining ayol-qizlarga oid ma'lumotlar uçun möljallangan bölimi sifatida iş boşlagan. Maqolalar soni va qamrovi ortib borganligi bois 2007 yilda alohida sayt sifatida röyxatdan ötdi. Şundan buyon mazkur saytga marhum Şayx Muhammad Sodiqning farzandlari Odinaxon Muhammad Sodiq boşçilik qilib kelmoqda. Mazkur sayt ayol-qizlarning hayoti uçun kerakli bölgan barça sohalarni qamrab olgan ma'rifiy internet resurs hisoblanib, unda ayollar muammolarini mutaxassislar iştirokida hal qilişga kömaklaşiş maqsadida psixolog maslahati, pedagog maslahati, şifokor maslahati, huquqşunos maslahati, baloğat bekati kabi interaktiv xizmatlar yölga qöyilgan. Ayollarning diniy-şar'iy mavzudagi savollariga “Dinda savolim bor” bölimi orqali şaxsan Odinaxon Muhammad Sodiq javob berib kelmoqda. Veb-saytning “Hazratim” bölimida Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotiralariga bağişlangan marsiya va e'tiroflar, “Islom dini nima?” bölimida boşlanğiç diniy saboqlar, “Ayollar fihqi” bölimida ayollarga oid huquqiy masalalar, “Ruhiy tarbiya” bölimida Atoulloh Sakandariyning hikmatlari va ularga şarhlar Odinaxon Muhammad Sodiq tarjimalarida berib boriladi.
Şuningdek, sayt qoşida muslimalar uçun forum (forum.muslimaat.uz) taşkil qilingan bölib, unda ayol-qizlar diniy-şa'riy va ayollar hayoti uçun ahamiyatli bölgan mavzularda fikr almaşadilar.
Mavzuga oid
Hozirgi kunda saytda 7ta bölim va 34ta rukn bölib, 4000dan ziyod maqolani özida jamlagan. Sayt 2014 yilda UZ milliy domeni internet festivalida “Fan va ta'lim sohasidagi eng yaxşi sayt” nominatsiyasi böyiça ğolib deb topilgan.
Foto: muslimaat.uz
Bintu Sodiq kanali xususida
Ijtimoiy tarmoqlarda ham muslimalar uçun kerakli axborotlarni tarqatişni maqsad qilgan Bintu Sodiq kanali hozirgi kunda Telegram, Facebook, Instagram, “Odnoklassniki” platformalarida öz faoliyatini olib bormoqda. Bu tarmoqlar orqali “Oşiqlar”, “Qur'on naşidasi”, “Şayx Butiy hikmatlari”, “Hikmatli dunyo”, “Ruhiy tarbiya”, “Bolalar uçun qirq hadis”, “Kun hadisi” nomli turkum suhbatlar, qiroatlar, hadislar berib boriladi. “Bilimsizlikning şifosi ─ savol” rukni ostida foydalanuvçilarning savollariga diniy, ilmiy asoslangan mufassal javoblar berib boriladi.
1440 yil sarhisobi
Hisobot tadbirida ma'lum qilinişiça, ötgan hijriy 1440 yilda muslimaat.uz saytida yangi “Islohot sari” loyihasi yölga qöyilgan bölib, Özbekistonda ayollarni qiynayotgan oğriqli masalalar va ularning yeçimlari xususida söz yuritiladi.
Saytda “Qoriyalar gulşani” körsatuvi yölga qöyilgan bölib, unda özbek qoriya ayol-qizlarining ibratli hayot yöllari yoritib boriladi. Sayt orqali “Umar ibn Xattob” seriali muntazam ravişda berib borildi. “Din nasihatdir” körsatuvi ham sayt foydalanuvçilarining e'tiboriga havola etib borildi.
Ötgan yilda Özbekistonda ilk marotaba tanlov asosida saralangan qizlardan tarkib topgan “Munşidat” naşidaçi qizlar guruhi taşkil etildi. Xalqaro aloqalar ham kengaytirildi, xususan, Rossiyadagi “Vasatiya” ilmiy-ma'rifiy markazi, “Aişa” psixologik markazi bilan hamkorlik yölga qöyildi. Muslimalarni qiziqtirgan turli mavzularda 200dan ortiq maqolalar saytda e'lon qilindi.
Odinaxon Muhammad Sodiq: “Musulmonlar hozir mehrga, rahmatga muhtoj”
Foto: muslimaat.uz
Hisobot tadbirida muslimaat.uz sayti, Bintu Sodiq kanali, “Omina” elektron jurnali rahbari Odinaxon Muhammad Sodiq ham iştirok etdi.
“Butun musulmon olamida musulmonlar qiyin jarayonlarni boşdan keçirişyapti. Bizning yurtimizda tinçlik, totuvlik bor. Lekin biz hozir bir-birimizning ma'naviy qöllovimizga muhtojmiz. Musulmonlar rahmatga, mehrga muhtoj. Biz hamma yordamni moddiylik bilan tuşunmasligimiz kerak. Undan ham muhim bölgan narsa ma'naviy madaddir. Ma'naviy jihatdan bir-birimizni qöllab-quvvatlaylik. Yangi hijriy yilda şunga e'tibor qaratişimizni istab qolardim. Islom dastlab kelganida johiliyat davrida quvvatsiz holda bölgan bölsa, sahobalarning bir-birlarini qöllab-quvvatlaşlari orqali eng saodatli damlarga yetişildi. Biz ham har qanday tuşkunlikdan çiqmoqçi bölsak, avvalo şunga e'tibor qaratişimiz, özimizdan köra boşqa musulmonlarni ustun qöymoğimiz kerak, şunda saodatli holga erişamiz. Islom avvalo insoniylik dini. Avvalo inoqlik, ittifoqlikni vujudga keltirib olişimiz lozim. Qilinayotgan yaxşilik, berilayotgan mehr heç bir vaqt samarasiz qolmaydi”, ─ deydi Odinaxon Muhammad Sodiq.
Şayx Muhammad Sodiq asarlarida ayollar mavzusi
Hisobot anjumani doirasida ayollar mavzusiga bağişlangan yangi “Nozik hilqat” kitobining taqdimoti ötkazildi. Mazkur kitob Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning barça asarlari, maqolalari, nutqlarida berilgan ayollar haqida ma'lumotlarning yaxlit bir jamlanmasi hisoblanadi. Zebunniso Qutbiddin tomonidan tuzilgan mazkur saylanmada ayolning Islomdagi huquqlari, oiladagi va jamiyatdagi örni, ayol ruhiyati va jismiyatining öziga xosligi hamda roviya ayollar haqidagi ma'lumotlar jamlangan.
Foto: muslimaat.uz
muslimaat.uz yangi tanlovlar e'lon qiladi
Anjumanda muslimaat.uz tomonidan muslima ayollar uçun 1441 yilda ötkaziladigan yangi tanlovlar e'lon qilindi. Tanlov tört yönalişda olib boriladi.
Birinçi yönaliş ─ “Har qadamda Allohning möjizasi” nomli eng yaxşi fotosurat tanlovi. Bunda kundalik hayotda uçraydigan oddiy, lekin Allohning möjizasiga işora qiluvçi holatlarning fotosuratlari saralab olinadi.
Ikkinçi yönalişi ─ “Ilm-ma'rifatda peşqadam ayol”. Ilmiy faoliyat bilan şuğullanayotgan ayollar özlari, ilmiy işlari, kitoblari, şahodatnomalari haqidagi ma'lumotlarni yuborişlari mumkin.
Uçinçi yönaliş ─ “Mohir ayol ─ oila baxti”. Öz mohirligi bilan oilada, jamiyatda e'zoz topgan ayollar öz ijod namunalari, hayot yöllari xususida ma'lumotlarni yuborişlari mumkin.
Törtinçi yönaliş ─ “Malakali tarjimon, muharrir ─ muslimaat.uz xodimasi”. Bunda ayollar sayt ma'muriyati tomonidan taqdim etiladigan matnlarni tarjima, tahrir qiliş, berilgan mavzularda maqola yoziş orqali öz mahoratlarini namoyiş etişlari, ğoliblar yil yakunida muslimaat.uz ijodiy jamoasiga işga qabul qilinişlari mumkin böladi. Tanlov şartlari haqidagi batafsil ma'lumotlar www.muslimaat.uz saytida e'lon qilinadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi